PF-671-son Farmon · 01.10.1993

Xalqaro qariyalar kuni munosabati bilan respublikaning keksa fuqarolarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-671
  • Qabul qilingan sana:01.10.1993
  • Kuchga kirgan sana:01.10.1993
  • Rasmiy nashr:Oliy Kengash Axborotnomasi 10

Keksa fuqarolarning yosh avlodni tarbiyalash ishidagi katta xizmatlari, ularning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini qaror toptirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun, shuningdek Xalqaro qariyalar kuni munosabati bilan:

1. Ishlamayotgan pensionyerlar oʻzlari olayotgan oylik pensiyaning 50 foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilsin.

Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarning, xoʻjaliklar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga oʻzlarida ishlovchi pensionyerlarni ular olayotgan oylik pensiyaning 50 foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tavsiya qilinsin.

2. Ushbu Farmonni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar ishlamaydigan pensionyerlar boʻyicha respublika va mahalliy budjetlarning hisobidan teng ulushlarda, ishlovchi pensionyerlar boʻyicha esa kimga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona hamda tashkilot mablagʻlari hisobidan qoplansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy taʼminot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda 1993-yilning 7-oktabrigacha ushbu Farmonda koʻzda tutilgan pul mukofotlarini toʻlash tartibi va muddatlarini aniqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur mukofotning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 1-oktabr,

PF-671-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.