PF-692-son Farmon · 03.12.1993

Respublika teatrlari artistlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini yaxshilash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-692
  • Qabul qilingan sana:03.12.1993
  • Kuchga kirgan sana:03.12.1993
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 11-12

Teatr artistlari teatr sanʼatini rivojlantirish va targʻib qilishga katta hissa qoʻshayotganliklarini, ularning respublika yosh avlodini maʼnaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi xizmatlarini inobatga olib, shuningdek ijodkor xodimlarning moddiy taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasining teatrlarida ishlovchi artistlar uchun 1993-yilning 1-dekabridan boshlab mansab okladlarining 25 foizi miqdorida maoshlariga har oylik ustama haq belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu Farmonga muvofiq mansab okladlariga ustama haq belgilanadigan teatr xodimlari toifalarining roʻyxatini tasdiqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mazkur ustama haqlarni joriy etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 3-dekabr,

PF-692-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.