Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan mehr-shavqat va insonparvarlik qoidalariga amal qilib, qaror qilaman:
1. Birinchi marta qamoqqa hukm qilingan ayollar va balogʻatga yetmagan shaxslar ogʻir jinoyat, shuningdek, uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida jinoyat sodir etmagan boʻlsalar, jazodan ozod qilinsin.
2. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyatlari uchun 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boshqa fuqarolar jazodan ozod qilinsin.
3. Farmonning 1-moddasida sanab oʻtilgan shaxslarning jinoiy ishlarini tergov qilish va sudda koʻrib chiqish toʻxtatilsin.
4. Mazkur Farmon eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi va 4 oy ichida ijro etilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-dekabr,
PF-694-son