PF-581-son Farmon · 19.03.1993

“Mehnat rezervlari” oʻquv-sport kompleksini Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-581
  • Qabul qilingan sana:19.03.1993
  • Kuchga kirgan sana:19.03.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, yoshlarning chaqirilgunga qadar tayyorgarligini takomillashtirish, shuningdek jahon chempionatlarida va Olimpiya oʻyinlarida qatnashishga oliy malakalardagi sportchilarni, respublikaning milliy terma komandalarini tayyorlashni yaxshilash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xalq taʼlimi vazirligi “Mehnat rezervlari” oʻquv-sport kompleksini 1993-yilning 1-martigacha boʻlgan mavjud moddiy va texnikaviy vositalari, sport anjomlari va boshqa mol-mulki bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi balansiga topshirsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi:

mazkur kompleks negizida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari sport markazi tuzib, uni milliy terma komandalar tayyorlovchi Respublika tayanch markazi deb belgilasin;

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari sport markazining zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli hunar-texnika bilim yurtlari va umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilariga jismoniy rivojlanish va sport sohasida otaliq qilish vazifasini yuklasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 19-mart,

PF-581-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.