PF-4405-son Farmon · 05.01.2012

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 13-maydagi PF-1778-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4405
  • Qabul qilingan sana:05.01.2012
  • Kuchga kirgan sana:05.01.2012
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 13-maydagi PF-1778-son Farmoni 1-bandiga “agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.

2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 5-yanvar,

PF-4405-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.