PF-4423-son Farmon · 21.02.2012

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4423
  • Qabul qilingan sana:21.02.2012
  • Kuchga kirgan sana:21.02.2012
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 8-9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 21-fevral,

PF-4423-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4423-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni ilovasining oʻn beshinchi xatboshidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni 2-ilovasining oʻn yettinchi xatboshidagi “iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va” soʻzlari “tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.