PF-4430-son Farmon · 09.03.2012

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4430
  • Qabul qilingan sana:09.03.2012
  • Kuchga kirgan sana:09.03.2012
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 11

Qabul qilingan qarorlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasi faoliyatining normativ-huquqiy bazasini tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 9-mart,

PF-4430-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamgʻarmaning muassisi hisoblanadi”.

2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash”.

3. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.