PF-968-son Farmon · 28.09.1994

Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-968
  • Qabul qilingan sana:28.09.1994
  • Kuchga kirgan sana:28.09.1994
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Jamiyat turmushida va yosh avlodni tarbiyalashda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining tutgan oʻrniga alohida ahamiyat berib, shuningdek pedagog xodimlarning muqim oʻrnashib qolishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. 1994-yilning 1-oktabridan umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlarining ish haqi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha malaka darajasini oshirish hamda qoʻshimcha haq va ustamalar tizimini tartibga solish hisobidan oʻrtacha 20 foiz oshirilsin.

2. Ish haqini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga, shuningdek oliy va oʻrta maxsus taʼlim xodimlarining ish haqiga qoʻshimcha va ustamalarni tartibga solish masalalariga oid qaror qabul qilsin.

4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 28-sentabr,

PF-968-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.