PF-1897-son Farmon · 19.12.1997

Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1897
  • Qabul qilingan sana:19.12.1997
  • Kuchga kirgan sana:19.12.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 11-12

Savdo sohasida bozor islohotlarini va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobatni rivojlantirish, isteʼmol bozorini toʻldirishda korxonalar hamda mahalliy boshqaruv idoralarining xoʻjalik sohasidagi mustaqilligini yanada oshirish maqsadida:

1. 1998-yilning 1-yanvaridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlarini fond yoʻli bilan taqsimlash tizimi bekor qilinsin.

(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 177-modda)

(2—4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)

6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.

7. “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligini Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksiyadorlik uyushmasi (“Oʻzbeksavdo”)ga aylantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-maydagi PF-398-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 19-dekabr,

PF-1897-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.