PF-1919-son Farmon · 19.01.1998

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1919
  • Qabul qilingan sana:19.01.1998
  • Kuchga kirgan sana:19.01.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 1

Ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qoʻshma korxonalarni barpo qilishga xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etish hisobiga iqtisodiyotning tarkibiy oʻzgarishlarini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, ular qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin:

(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)

1998-yilgi investitsiya programmasiga kiritilgan ustuvor obyektlar*ni jihozlash uchun;

* Obyektlar roʻyxati rus tilidagi matnda berilgan.

hukumatning kafolati bilan beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;

xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, yangi barpo etilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun;

xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav mablagʻiga qoʻyilma sifatida xorijiy sarmoyadorlar tomonidan keltiriladigan texnologiya uskunalari.

2. Belgilab qoʻyilsinki, import boʻyicha yetkazib beriladigan hamda hukumat qarorlariga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” qoʻmitasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi tomonidan olib kelinib, mashina-traktor saroylariga sotiladigan qishloq xoʻjalik texnikasi, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari olib kelinganida ikki yil mobaynida qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydi.

Yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek ishlab turganlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq respublika hududiga olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, ular qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.

(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 19-yanvar,

PF-1919-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.