PF-2679-son Farmon · 04.08.2000

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2679
  • Qabul qilingan sana:04.08.2000
  • Kuchga kirgan sana:04.08.2000
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7-8

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 17-fevraldagi PF-2546-son Farmoniga ilovani qisman oʻzgartirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova berilmaydi.

2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga kirgan mansabdor shaxslar chiqib ketishganida, shuningdek ular keyinchalik boshqa ishga oʻtishganida, tegishli lavozimlarga yanga tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 4-avgust,

PF-2679-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.