PQ-1850-son Qaror · 07.11.2012

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1850
  • Qabul qilingan sana:07.11.2012
  • Kuchga kirgan sana:07.11.2012
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 45

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 7-noyabr,

PQ-1850-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-noyabrdagi PQ-1850-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomning 78-bandidagi “toʻrt baravari” soʻzlari “ikki baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.