PQ-1849-son Qaror · 06.11.2012

Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyati Toshsokin tizimining magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1849
  • Qabul qilingan sana:06.11.2012
  • Kuchga kirgan sana:06.11.2012
  • Holati:Amalda

Xorazm viloyatida sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) Ijrochi direktorlar kengashi tomonidan “Xorazm viloyatining Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini reabilitatsiya qilish” investitsiya loyihasini 90,37 mln AQSH dollari miqdorida, shu jumladan oddiy “Istisna” shartlari boʻyicha 70,35 mln AQSH dollari va Jidda deklaratsiyasi boʻyicha “Istisna” shartlari boʻyicha 20,02 mln AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish maʼqullandi;

ITB mablagʻlarini taqdim etish muddati — 19 yil, shu jumladan toʻrt yillik imtiyozli davr;

koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi ekvivalentda 53,83 mln AQSH dollarini tashkil etadi, shundan 20,5 mln AQSH dollari — soliq imtiyozlari berish shaklida;

loyihani amalga oshirish davri 2013 — 2019-yillar mobaynida belgilangan.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi ITBning moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va koʻrsatib oʻtilgan loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

ITB mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan ustama haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Tasdiqlansin:

“Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini komponentlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;

ustama haqni hisobga olgan holda ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish jadvallari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Xorazm viloyatining Toshsoqa tizimi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Istisna shartnomasi va Istisna agentlik bitimini imzolashga vakil qilinsin.”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Xorazm viloyatining Toshsoqa tizimi magistral sugʻorish kanallarini reabilitatsiya qilish” loyihasini moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan ITB oʻrtasidagi Istisna shartnomasi va Istisna agentligi bitimi yuzasidan yuridik xulosa bersin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri va Xorazm viloyati hokimi zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek ITB tartib-taomillariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

7. Belgilab qoʻyilsin:

loyihani amalga oshirish, muvofiqlashtirish va boshqarish Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

ushbu loyiha mablagʻlari bilan bank operatsiyalari ushbu loyiha uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklaridan birida ochilgan alohida talab qilib olinguncha depozit (ikkilamchi) hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi, ushbu hisobvaraqlar orqali ish haqi, soliqlarni toʻlash, shuningdek loyiha doirasidagi boshqa xarajatlarni toʻlash huquqiga ega va Suv xoʻjaligi vazirligining boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni qoplash uchun ushbu hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.;

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda 2013-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.

9. “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish davrida:

loyihani amalga oshirish doirasida ITBning moliyaviy mablagʻlari hisobiga olib kiriladigan va xarid qilinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar), asbob-uskunalar va transport vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etilsin;

loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olib kelinadigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar), asbob-uskunalar va transport vositalari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

11. Tashqi ishlar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

12. Ichki ishlar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan malakali mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini muddati uzaytirilishini taʼminlasin..

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 6-noyabr,

PQ-1849-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-noyabrdagi PQ-1849-son qaroriga2-ILOVA

“Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasini komponentlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish

ming AQSH dollariT/rKomponentlar nomi2013-yil2014-yil2015-yil2016-yilJami xarajatlar loyiha boʻyichashu jumladan:ITB moliyaviy resurslaribudjet mablagʻlariodatdagi Istisna resurslariresurslar Istisna(Jidda deklaratsiyasi)1.Qurilish ishlari15 139,029 036,029 036,029 289,0102 500,058 910,018 200,025 390,02.Loyiha boshqaruvi393,0234,0233,0233,01 093,0950,0shu jumladan yagona ijtimoiy toʻlov*36,036,036,035,0143,0143,03.Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi salohiyatini oshirish172,5324,9324,9327,71 150,01 150,04.Batafsil loyihalashni tayyorlash va nazorat qilish600,01 130,11 130,11 139,84 000,04 000,05.Loyiha kuchga kirishi boʻyicha seminar30,030,030,06.Loyihaning moliyaviy auditi10,519,819,819,970,070,0Jami16 345,330 744,930 743,931 009,7108 843,063 960,018 200,026 683,0Jismoniy va narx boʻyicha kutilmagan xarajatlar (10%)1 630,03 070,03 070,03 100,010 870,06 390,01 820,02 660,0Jismoniy va narx boʻyicha koʻzda tutilmagan xarajatlar bilan jami17 975,333 814,933 813,934 109,7119 713,070 350,020 020,029 343,0Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar1 200,01 680,01 110,03 990,03 990,0Soliq toʻlovlari**3 030,05 810,05 810,05 850,020 500,020 500,0Oʻzbekiston Respublikasining soliqlar va yigʻimlardan ozod qilish tarzidagi ulushini hisobga olgan holda jami xarajatlar22 205,341 304,940 733,939 959,7144 203,070 350,020 020,053 833,0

* Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovlaridan ozod qilish tarzidagi hissasi.

** Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovlaridan ozod qilish tarzidagi ulushi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-noyabrdagi PQ-1849-son qaroriga3-ILOVA

“Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini reabilitatsiya qilish” loyihasi boʻyicha ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish (Istisna oddiy resurslari)

1. ITB tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlar summasi*70,35 mln AQSH dollari2. Beriladigan moliyaviy mablagʻlar muddati19 yilshu jumladan imtiyozli davr4 yil3. Ustama narx6 oy LIBOR+ 1,35% (imtiyozli davr mobaynida), qatʼiy belgilangan stavka (imtiyozli davrdan keyin) yillik 3,74% hisobidaming AQSH dollariYillarToʻlov sanalariToʻlov summasi asosiy qarz Toʻlov summasi ustamalarJami summa, toʻlanishi kerak boʻlgan (sotish narxi)**1.2013-yil 1-yarim yillikimtiyozli davr2013-yil 2-yarim yillik2.2014-yil 1-yarim yillik2014-yil 2-yarim yillik3.2015-yil 1-yarim yillik2015-yil 2-yarim yillik4.2016-yil 1-yarim yillik2016-yil 2-yarim yillik5.2017-yil 1-yarim yillik1838,831366,933205,752017-yil 2-yarim yillik1873,211332,543205,756.2018-yil 1-yarim yillik1908,241297,513205,752018-yil 2-yarim yillik1943,931261,833205,757.2019-yil 1-yarim yillik1980,281225,473205,752019-yil 2-yarim yillik2017,311188,443205,758.2020-yil 1-yarim yillik2055,031150,723205,752020-yil 2-yarim yillik2093,461112,293205,759.2021-yil 1-yarim yillik2132,611073,143205,752021-yil 2-yarim yillik2172,491033,263205,7510.2022-yil 1-yarim yillik2213,11992,643205,752022-yil 2-yarim yillik2254,50951,253205,7511.2023-yil 1-yarim yillik2296,66909,093205,752023-yil 2-yarim yillik2339,61866,153205,7512.2024-yil 1-yarim yillik2383.36822,403205,752024-yil 2-yarim yillik2427,92777,833205,7513.2025-yil 1-yarim yillik2473,33732,423205,752025-yil 2-yarim yillik2519,58686,173205,7514.2026-yil 1-yarim yillik2566,69639,063205,752026-yil 2-yarim yillik2614,69591,063205,7515.2027-yil 1-yarim yillik2663,59542,163205,752027-yil 2-yarim yillik2713,40492,363205,7516.2028-yil 1-yarim yillik2764,14441,623205,752028-yil 2-yarim yillik2815,82389,933205,7517.2029-yil 1-yarim yillik2868,48337,273205,752029-yil 2-yarim yillik2922,12283,633205,7518.2030-yil 1-yarim yillik2976,77228,993205,752030-yil 2-yarim yillik3032,43173,323205,7519.2031-yil 1-yarim yillik3089.14116,613205,752031-yil 2-yarim yillik3146,9058,853205,75Jami73 097,6023 074,9396 172,53

* Loyihani amalga oshirish davrida ITBning moliyaviy mablagʻlari kapitallashtiriladi.

** Toʻlovlarning amaldagi summasi amaldagi tanlov sanasi va summasiga, LIBOR stavkasining oʻzgarishiga (imtiyozli davrdagi ustama boʻyicha), shuningdek imtiyozli davr tugashi bilan qayd etiladigan amaldagi ustama stavkasiga qarab aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-noyabrdagi PQ-1849-son qaroriga4-ILOVA

“Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini tiklash” loyihasi boʻyicha itbning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish (Istisna resurslari (Jidda deklaratsiyasi)”

1. ITB tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlar summasi*20,02 mln. dollar AQSH2. Beriladigan moliyaviy mablagʻlar muddati19 yilshu jumladan imtiyozli davr4 yil3. Ustama narxYillik 3%ming AQSH dollariYillarToʻlov sanalariToʻlov summasi asosiy qarz*Toʻlov summasi ustamalarJami summa toʻlanadigan (sotish narxi)**1.2013-yil 1-yarim yillikimtiyozli davr2013-yil 2-yarim yillik2.2014-yil 1-yarim yillik2014-yil 2-yarim yillik3.2015-yil 1-yarim yillik2015-yil 2-yarim yillik4.2016-yil 1-yarim yillik2016-yil 2-yarim yillik5.2017-yil 1-yarim yillik566,57319,02885,602017-yil 2-yarim yillik575,07310,53885,606.2018-yil 1-yarim yillik583,70301,90885,602018-yil 2-yarim yillik592,45293,14885,607.2019-yil 1-yarim yillik601,34284,26885,602019-yil 2-yarim yillik610,36275,24885,608.2020-yil 1-yarim yillik619,51266,08885,602020-yil 2-yarim yillik628,81256,79885,609.2021-yil 1-yarim yillik638,24247,36885,602021-yil 2-yarim yillik647,81237,78885,6010.2022-yil 1-yarim yillik657,53228,07885,602022-yil 2-yarim yillik667,39218,20885,6011.2023-yil 1-yarim yillik677,40208,19885,602023-yil 2-yarim yillik687,56198,03885,6012.2024-yil 1-yarim yillik697,88187,72885,602024-yil 2-yarim yillik708,35177,25885,6013.2025-yil 1-yarim yillik718,97166,63885,602025-yil 2-yarim yillik729,75155,84885,6014.2026-yil 1-yarim yillik740,70144,89885,602026-yil 2-yarim yillik751,81133,78885,6015.2027-yil 1-yarim yillik763,09122,51885,602027-yil 2-yarim yillik774,54111,06885,6016.2028-yil 1-yarim yillik786,1599,44885,602028-yil 2-yarim yillik797,9587,65885,6017.2029-yil 1-yarim yillik809,9175,68885,602029-yil 2-yarim yillik822,0663,53885,6018.2030-yil 1-yarim yillik834,3951,20885,602030-yil 2-yarim yillik846,9138,69885,6019.2031-yil 1-yarim yillik859,6125,98885,602031-yil 2-yarim yillik872,5113,09885,60Jami21 268,325 299,5526 567,87

* Loyihani amalga oshirish davrida ITBning moliyaviy mablagʻlari kapitallashtiriladi.

** Toʻlovlarning amaldagi summasi amaldagi tanlov sanasi va summasiga, LIBOR stavkasining oʻzgarishiga (imtiyozli davrdagi ustama boʻyicha), shuningdek imtiyozli davr tugashi bilan qayd etiladigan amaldagi ustama stavkasiga qarab aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.