PF-2236-son Farmon · 17.02.1999

Toshkent shahridagi fojiali hodisalar munosabati bilan motam kuni eʼlon qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2236
  • Qabul qilingan sana:17.02.1999
  • Kuchga kirgan sana:17.02.1999
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2

1999-yil 16-fevral kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda qabih niyatli kuchlar tomonidan terrorchilik xurujlari sodir etildi. Mustaqilligimizga, xalqimizning osoyishta hayotiga, yurtimiz xavfsizligiga tajovuz qilishga qaratilgan bu yovuz urinish oqibatida begunoh odamlar halok boʻldi, yuzdan ortiq kishi jarohatlandi. Bu musibat har birimizning, butun xalqimizning qalbiga chuqur qaygʻu soldi va qoʻporuvchi kuchlarga nisbatan cheksiz qahru gʻazab uygʻotdi.

Begunoh halok boʻlgan vatandoshlarimizning oila aʼzolariga, qarindosh-urugʻlariga, yori birodarlariga hamdardlik bildirib, qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida:

1. 1999-yil 18-fevral Oʻzbekiston Respublikasida Motam kuni deb eʼlon qilinsin.

2. Motam kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tushirilsin.

3. Madaniyat muassasalariga, barcha teleradiokompaniyalarga 18-fevral kuni koʻngilochar tomoshalar, koʻrsatuv va eshittirishlarni toʻxtatish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 17-fevral,

PF-2236-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.