Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF–4478-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
PF–4495-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF–4495-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 23-iyundagi PQ–107-sonli qarori ilovasining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi PQ–272-sonli qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “Fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchinin yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-apreldagi PQ–832-sonli qarori 5-ilovasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. S.Turdiyev — Oʻzbekiston Fermerlari kengashining raisi”