PF-4515-son Farmon · 15.03.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4515
  • Qabul qilingan sana:15.03.2013
  • Kuchga kirgan sana:25.03.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 12

Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-343-sonli Qonuniga muvofiq:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida” va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilayotgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda import bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinishlari koʻzda tutilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan asosiy kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar roʻyxatining II bobi 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Quyidagilar bojxona toʻlovini undirishdan ozod qilinadi:

xorijiy investitsiyalarning ustav jamgʻarmasidagi ulushi oʻttiz uch foizdan kam boʻlmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mol-mulk mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida;”.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 15-mart,

PF-4515-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.