PF-2340-son Farmon · 19.07.1999

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi pf-1154 farmonini qisman oʻzgartish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2340
  • Qabul qilingan sana:19.07.1999
  • Kuchga kirgan sana:19.07.1999
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1154 Farmonini qisman oʻzgartirgan holda:

1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar yetkazib berilgan, xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtganidan keyin yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar kelib tushmaganligi muddati oʻtgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154 Farmoni 2-bandining birinchi xatboshisidagi “oltmish” soʻzi “toʻqson” soʻzi bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 19-iyul,

PF-2340-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.