PQ-1980-son Qaror · 05.06.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1980
  • Qabul qilingan sana:05.06.2013
  • Kuchga kirgan sana:10.06.2013
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-apreldagi PP-1954-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 5-iyun,

PQ-1980-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyundagi PQ-1980-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan oʻquv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar joylarini qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarga kiritiladigan oliy taʼlim muassasalari Roʻyxatining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi PQ-1761-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimining rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatining:

a) 17-bandida:

“Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti” soʻzlari “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Ixtisoslik va taʼlim yoʻnalishlari” ustunidagi “oziq-ovqat sanoati” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 40-bandning “qayta tayyorlash va malaka oshirilishi moʻljallangan viloyatlar nomi” ustunidagi “Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-noyabrdagi PQ-1855-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2013-yilda oliy taʼlim muassasalarini qurish, qayta qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli Dasturining “Yangitdan boshlanadigan obyektlar” boʻlimining 4-bandidagi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti” soʻzlari “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.