PQ-65-son Qaror · 02.05.2005

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-65
  • Qabul qilingan sana:02.05.2005
  • Kuchga kirgan sana:02.05.2005
  • Holati:Amalda

Qozogʻiston tomonidan quyidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarning bajarilganligini hisobga olgan holda:

1. Tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998-yil 30 oktabrda Toshkent shahrida imzolangan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2001-yil 16-noyabrda Ostona shahrida imzolangan hukumat aloqalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2001-yil 16-noyabrda Ostona shahrida imzolangan oʻzbek-qozoq davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida Bitim.

2. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbeksiton Respublikasining majburiyatlari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 2-may,

PQ-65-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.