PQ-58-son Qaror · 18.04.2005

Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-58
  • Qabul qilingan sana:18.04.2005
  • Kuchga kirgan sana:18.04.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 15-16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4—6-aprel kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini hamda Hindiston Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Hindiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar, masʼul ijrochilar Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 18-aprel,

PQ-58-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.