PF-141-son Farmon · 12.02.1991

Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining maoshlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-141
  • Qabul qilingan sana:12.02.1991
  • Kuchga kirgan sana:12.02.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 5

Tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlarning yetakchi yoʻnalishlariga doir muhim tadqiqotlarni rivojlantirishni jadallashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari va olimlar mehnati uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda ularning samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida va bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati bilan:

1. 1991-yilning 1-aprelidan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi sistemasining ilmiy tashkilotlari, Oʻzbekiston SSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vazirligi, VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi, Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston SSR Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Oʻzbekiston SSR Iqtisodiyot komiteti, Oʻzbekiston SSR Adliya vazirligi va jumhuriyat Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa tashkilotlar rahbar, ilmiy va boshqa xodimlarining mansab maoshlari 30 foiz oshirilsin.

2. Ana shu mansab maoshlari davlat budjetidan ajratiladigan va ilmiy tashkilotlar qidirib topayotgan mablagʻlar hisobiga shartnomaviy ishlarni kengaytirish, tashkiliy tuzilmani takomillashtirish va boshqa tadbirlar hisobiga baravar ulushda oshirilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 12-fevral,

PF-141-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.