PF-137-son Farmon · 23.01.1991

SSSR davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik pullarni almashtirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-137
  • Qabul qilingan sana:23.01.1991
  • Kuchga kirgan sana:23.01.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

1. Fuqarolarning SSSR Vazirlar Kabinetining 1991-yil 22-yanvarida qabul qilingan qarorining amal qilish muddatini uzaytirish masalalari yuzasidan koʻp sonli murojaatlarini inobatga olib, mintaqa va respublikadagi pul muomalasining oʻziga xos jihatlarini nazarda tutib, Ittifoq organlari bilan kelishgan holda SSSR Davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik pullarni almashtirish quyidagi muhlatgacha choʻzilsin:

— barcha davlat, kooperativ, jamoat korxonalari va tashkilotlari uchun 1991-yil 24-yanvar soat 13.00 ga qadar;

— fuqarolar uchun 1-fevralga qadar;

— shunga muvofiq komissiyalarning ishlash muddati 1991-yil 10-fevraliga qadar uzaytirilsin.

2. Farmonning bajarilishini nazorat qilish respublika komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 23-yanvar,

PF-137-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.