PF-201-son Farmon · 05.05.1991

Oʻzbekiston SSR davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasini Oʻzbekiston SSR Mehnat vazirligiga aylantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-201
  • Qabul qilingan sana:05.05.1991
  • Kuchga kirgan sana:05.05.1991
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 7

Respublikaning nufus xususiyatlariga aloqador muammolarni hal etishga, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga, aholini koʻproq ish bilan band qilish va ijtimoiy jihatdan himoyalashga nihoyatda muhim ahamiyat berib:

1. Oʻzbekiston SSR Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Oʻzbekiston SSR Mehnat vazirligiga aylantirilsin, uning zimmasiga respublika hududida yuqorida koʻrsatilgan faoliyat bilan bogʻliq masalalarni roʻyobga chiqarish vazifasi yuklatilsin.

2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti (oʻrtoq B.S.Hamidov) bir oylik muddatda mazkur vazirlikning tuzilishi toʻgʻrisidagi nizom va taklifni tayyorlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 5-may,

PF-201-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.