PF-203-son Farmon · 06.05.1991

Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutini tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-203
  • Qabul qilingan sana:06.05.1991
  • Kuchga kirgan sana:06.05.1991
  • Holati:Amalda

Respublikada oliy texnik taʼlim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida:

1. Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti negizida:

Toshkent davlat texnika universiteti;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilsin.

2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmon ijrosini tashkiliy taʼminlash yuzasidan tegishli qaror tayyorlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 6-may,

PF-203-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.