PF-207-son Farmon · 13.05.1991

Toshkent moliya institutini tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-207
  • Qabul qilingan sana:13.05.1991
  • Kuchga kirgan sana:13.05.1991
  • Holati:Amalda

Moliyaviy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, respublikaning moliya, bank, hisob-kredit muassasalari, boshqa korxonalari va tashkilotlarining ularga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq taʼminlash maqsadida:

1. 1991-yil 1-iyundan boshlab SSSR Davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumi, Toshkent xalq xoʻjaligi institutining “Moliya-kredit” va “Hisob-iqtisodiyot” fakultetlari negizida OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Moliya instituti tashkil etilsin.

2. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi (oʻrtoq B.S. Xamidov) ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tegishli qaror loyihasini tayyorlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 13-may,

PF-207-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.