Respublika hududlaridagi ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining quvvatlari bilan iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarida kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish hajmlarining oʻsib borishi bilan oʻzaro bogʻliqligini, pudratchi tashkilotlarning ishlab chiqarish-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hisobiga olib borilayotgan qurilish- montaj ishlarining miqyosi va sifatini tubdan yaxshilash, butun qurilish ishlari siklini “kaliti bilan topshirish” usulida bajarishni taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasi bilan taʼminlangan va qurilish ishlarining butun siklini “kaliti bilan topshirish” usuli bilan bajarilishini taʼminlaydigan Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish- pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi 1-ilovaga muvofiq;
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmasi 2, 2a va 2b-ilovalariga* muvofiq maʼqullansin.
* 2b-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturni amalga oshirish doirasida sanoat, yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, meliorativ va ijtimoiy obyektlar qurilishining sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish omili sifatida qurilish pudrat tashkilotlarining ixtisoslashganligi darajasini koʻtarishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilish sohasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni:
respublikaning barcha viloyatlarida filiallari boʻlgan, zamonaviy qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transport lizingi boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan kompaniyasini tuzishni;
yangi yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilish texnikasini, mashina va mexanizmlarni, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalarini lizing asosida xarid qilishning moliyalashtirish manbalarini, shuningdek mulkchilikning barcha turidagi qurilish tashkilotlariga lizing xizmatlarini koʻrsatish tartibini nazarda tutgan takliflarini kiritsin.
5. Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh (B.I. Zakirov):
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari doirasida qurilish-pudrat tashkilotlarining Reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bajariladigan ishlarning hajmlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi parametrlarini, oqilona hududiy joylashtirish orqali, soʻzsiz bajarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Reyestrga kiritilgan, yangidan tashkil etilayotgan va yiriklashtirilayotgan qurilish pudrat tashkilotlariga “nulinchi” sotib olish stavkasi boʻyicha tegishli investitsiya majburiyatlari asosida yoki davlatning ulushi sifatida beriladigan davlat mulkining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmalarini, yirik va kichik korxonalar uchun mos ravishda, ularning quvvati va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-mart,
PQ-2137-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga 1-ILOVA
2014 — 2016-yillarda yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga2-ILOVA
Kompleks qurilish pudrat tashkilotining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga2a-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotining
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan qurilish-pudrat ishlarining ixtisoslashuvi va hajmiga bogʻliq boʻlib, 70 nafardan 400 nafargacha, shu jumladan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — 20 nafardan 30 nafargachani tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga3-ILOVA
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan shaxslar kiritiladi.