PQ-2146-son Qaror · 14.03.2014

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2146
  • Qabul qilingan sana:14.03.2014
  • Kuchga kirgan sana:24.03.2014
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 12

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga vazir oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 14-mart,

PQ-2146-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.