F-4421-son Farmoyish · 09.03.2015

2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-4421
  • Qabul qilingan sana:09.03.2015
  • Kuchga kirgan sana:10.03.2015
  • Rasmiy nashr:O‘R QТ 10

Yer osti suv sathini kamaytirishga qaratilgan drenaj tizimini yanada takomillashtirish, Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasi va infratuzilmasini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratish hamda shu asosda aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida:

1. 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda uch oy muddatda 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturining quyidagi chora-tadbirlarni koʻzda tutadigan loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin:

ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazish va ular asosida meliorativ-irrigatsiya tarmoqlari hamda suv sathini tushirishning boshqa infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Doʻstlik” kanali va unga yondosh kollektorlarda betonlash va filtrlanishga qarshi ishlarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda butun tizimdan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan xizmatni mustahkamlash;

Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yangilash va shahar qiyofasiga mos yangi maydon va xiyobonlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali arxitektura ansambllari tashkil etish;

yoʻl-transport infratuzilmasi tizimini tubdan takomillashtirish, bunda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari va magistral koʻchalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni koʻzda tutish;

suv taʼminoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr, gaz va issiqlik taʼminoti hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish;

mavjud uy-joylarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobidan uy-joy fondini qayta tashkil etish;

aholi, ayniqsa, yoshlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish va ularning dam olishiga oid masalalarni kompleks ravishda hal etishni taʼminlaydigan obyektlarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobidan ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasini rivojlantirish.

3. Sirdaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda boshqa xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston shahrining 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun Bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlasin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin, bunda shahar drenaj tizimini takomillashtirish boʻlimini sifatli ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin.

4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 9-mart,

F-4421-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi F-4421-son farmoyishiga ILOVA

2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi

Izoh.

Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.