PQ-2351-son Qaror · 09.06.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2351
  • Qabul qilingan sana:09.06.2015
  • Kuchga kirgan sana:09.06.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar va kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik subyektlari — masʼul ijrochilar tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda hamkorlik qilish loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.

4. Ishchi guruh (R. Azimov)ga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi bitimlar va kelishuvlarning toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etish;

vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — masʼul ijrochilarning mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ular tomonidan koʻrilayotgan aniq choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishi bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, koreya tomoni bilan ushbu masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;

vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar — masʼul ijrochilar tomonidan qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallari loyihalariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — masʼul ijrochilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi doirasidagi chora-tadbirlar va loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin va har chorakda uni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi va Ishchi guruhga maʼlumot kiritib borsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 9-iyun,

PQ-2351-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-iyundagi PQ-2351-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-iyundagi PQ -2351-son qaroriga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.