PQ-2366-son Qaror · 07.07.2015

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2366
  • Qabul qilingan sana:07.07.2015
  • Kuchga kirgan sana:13.07.2015
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 27

1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belgiya Qirolligi oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlari toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida 1996-yil 14-noyabrdagi Konvensiyaga oʻzgartishlar kiritish haqida 2015-yil 18-fevralda Bryussel shahrida imzolangan Protokol, unga 1998-yil 17-apreldagi Qoʻshimcha protokol bilan kiritilgan oʻzgartishlari bilan tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 7-iyul,

PQ-2366-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.