PQ-2403-son Qaror · 08.09.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2403
  • Qabul qilingan sana:08.09.2015
  • Kuchga kirgan sana:14.09.2015
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 36

Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 8-sentabr,

PQ-2403-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 8-sentabrdagi PQ-2403-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2053-son qaroriga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2053-son qarorida:

a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

4-bandning uchinchi xatboshisidagi “radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini” soʻzlari bilan almashtirilsin;

5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “chastotalarni taqsimlash milliy jadvalini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarini taqsimlash jadvalini” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.