PF-4774-son Farmon · 29.01.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4774
  • Qabul qilingan sana:29.01.2016
  • Kuchga kirgan sana:01.02.2016
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarini davlat-hissadorlik kompaniyalariga aylantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-avgustdagi PF-1212-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmonining 9-bandi.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 29-yanvar,

PF-4774-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.