Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son Farmonining 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida olingan Jamgʻarma daromadlari soliqlarga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovlariga tortilmaydi”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-mart,
PF-4786-son