PQ-2610-son Qaror · 23.09.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2610
  • Qabul qilingan sana:23.09.2016
  • Kuchga kirgan sana:03.10.2016
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 39

Mahalliy budjetlarni yanada optimallashtirish va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 22-ilovasining “***” izohi (havolasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“***Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish huquqi uchun yigʻim yagona hisobvaraqqa kelib tushadi, keyinchalik mablagʻlar budjet va tadbirkorlik subyektlariga “yagona oyna” prinsipiga binoan davlat xizmatlari koʻrsatuvchi yagona markaz oʻrtasida, Toshkent shahrida esa budjet hamda Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamenti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda taqsimlanadi.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigim toʻliq budjet hisobiga oʻtkaziladi”.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 23-sentabr,

PQ-2610-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.