PQ-2616-son Qaror · 29.09.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2616
  • Qabul qilingan sana:29.09.2016
  • Kuchga kirgan sana:03.10.2016
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 39

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga muvofiq hamda shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlarining daromadlarini oshirish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy holatini yanada mustahkamlash, yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish va yoʻlovchilar tashish sifatini yaxshilash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-sonli qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zakirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 29-sentabr,

PQ-2616-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.