Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qarori 3-ilovasi matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R. Abdukadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-noyabr,
PQ-2656-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2656-sonli qarorigaILOVA
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti
Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:
1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (madaniyat qismi masalalari boʻyicha)
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi
4. Intellektual mulk agentligi
5. “Oʻzarxiv” agentligi
6. “Oʻzbekkino” milliy agentligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
8. Badiiy akademiya
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
11. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi
12. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona
13. “Mahalla” Oʻzbekiston xayriya jamoat fondi
14. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
15. Oʻzbekiston kasaba Uyushmalari Kengashi
16. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi
17. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
18. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi
19. Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi
20. Respublika baynalminal madaniyat markazi
21. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
22. “Aloqabank” AK
23. Axborot tizimlari va texnologiyalarni rivojlantirish, milliy axborot makonini monitoring qilish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha — davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.”.