PQ-2655-son Qaror · 09.11.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi)

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2655
  • Qabul qilingan sana:09.11.2016
  • Kuchga kirgan sana:21.11.2016
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 46

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda yer qaʼridan oqilona foydalanishni yanada taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 9-noyabr,

PQ-2655-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori bilan tasdiqlangan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadigan idora va tashkilotlar Roʻyxati 33-pozitsiyasida, “Taqdim etiladigan maʼlumotlarning nomi ustunining 6-bandidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.