PQ-2639-son Qaror · 21.10.2016

2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2639
  • Qabul qilingan sana:21.10.2016
  • Kuchga kirgan sana:21.10.2016
  • Holati:Amalda

Keyingi yillarda qishloq aholisi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2009 — 2016-yillar davrida qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr boʻlgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan taʼminlashga, qishloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga koʻmaklashdi, qishloqning qiyofasini yangi darajaga koʻtarish va shu asosda qishloq aholisining hayot darajasini yaxshilash va dunyoqarashini oʻzgartirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, ushbu sohani oʻrganish aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini toʻliq hisobga olib qurilish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini koʻrsatdi.

Qishloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va shinam uy-joy bilan taʼminlash darajasini tubdan oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yashash uchun ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, qishloq aholisining zamonaviy, sifatli, shinam, arzon uy-joyga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;

qishloq joylarda uy-joylar qurish uchun ajratilgan turar joy massivlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va transport tarmoqlarini birgalikda rivojlantirish;

konstruktiv va arxitektura-rejalashtirish yechimlarini optimallashtirish hisobiga loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari, shuningdek barpo etilayotgan uylar tannarxini pasaytirish;

energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni kengaytirish;

joylarda qurilish industriyasini rivojlantirish, pudrat tashkilotlarining quvvatlarini koʻpaytirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash;

qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun imtiyozli kreditlar berishning fuqarolar uchun yanada qulay shartlarini joriy etish.

2. Qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qoʻshimcha ravishda arzon uylarning quyidagi yangi namunalarini (keyingi oʻrinlarda uylar deb yuritiladi) joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin:

“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori boʻlgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan hududlarda toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;

shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda fuqarolarning alohida toifalari deb yuritiladi) uchun besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar.

3. Belgilansinki, namunali uy-joylar qurish uchun “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATB, “Xalq banki” ATB, “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (keyingi oʻrinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) uy quruvchilarga ipoteka kreditlarini quyidagicha beradilar:

a) 2019-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish doirasida 20 yil muddatga (fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun — 15 yil) 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasida va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

10 foiz — toʻrt qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 0,02 gektar oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3 xonali bir qavatli uylar uchun;

25 foiz — fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun;

b) 2020-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish doirasida 20 yil muddatga (fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun — 15 yil) 1 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

10 foiz — toʻrt qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun;

25 foiz — fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, ishtirok etuvchi tijorat banklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2017-yilda namunaviy loyihalarning aniq turlari boʻyicha qishloq joylarda umumiy moliyalashtirish hajmlari 2 121,5 milliard soʻm boʻlgan 15,0 mingta arzon, zamonaviy, shinam uy-joylar, shu jumladan birinchi turi boʻyicha — 4 608 ta, ikkinchi turi boʻyicha — 3 739 ta, uchinchi turi boʻyicha — 3 672 ta, qurishning yigʻma va asosiy parametrlari 1 — 5-ilovalarga muvofiq;

2017-yilda turar joy massivlari uchun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurish boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar 6-ilovaga muvofiq.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga:

maʼqullangan Dastur parametrlariga muvofiq uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurish;

qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishga, mahalliy qurilish industriyasini barqaror va mutanosib rivojlantirishga, pudrat tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari boʻyicha dastlabki 5 yil mobaynida yiliga 4 foizli stavka boʻyicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida boʻlishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 2 yillik imtiyozli davr bilan (2020-yil va keyingi yillarda Dasturni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 4 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida) qishloq joylarda yashovchi shaxslar uchun — 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun — 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin va ushbu mablagʻlarni arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yoʻnaltirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda qishloq aholisining uy-joylarning har bir namunasiga boʻlgan talabini oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, 2017-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga keyingi yillarda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish parametrlari yuzasidan takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2021-yillarda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirish miqdorlari va manbalarini belgilasin, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining kredit mablagʻlarini jalb etishni nazarda tutsin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari kelgusi yilga Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida har yili belgilangan tartibda:

1-maygacha — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, keyinchalik uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga beriladigan, qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanadigan massivlar roʻyxati tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

1-sentabrgacha — ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda talabgorlar aniqlanishini va uylar qurish uchun ularning dastlabki badallari shakllantirilishini;

1-oktabrgacha — “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reestriga kiritilgan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini;

1-noyabrgacha — “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan birgalikda yangidan quriladigan qishloq turar joy massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reestriga kiritilgan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini taʼminlasinlar.

9. “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida turar joy massivlarida suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.

10. Belgilansinki, turar joy massivlarida suv, elektr, gaz taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurish tegishli ravishda respublika budjeti, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

11. “Qishloq qurilish bank” ATB Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan birgalikda tuman hokimiyatlari negizida talabgorlarni tanlash komissiyasining tavsiyalari asosida, ariza beruvchi — uy quruvchining Dasturdagi ishtiroki tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Dastur doirasida:

a) 2020-yil 1-yanvargacha:

pudrat tashkilotlari – “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan;

subpudrat tashkilotlari — massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurishga “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga va “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ — soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan;

“Oʻzsanoateksport” AJ — 7-ilovaga muvofiq, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yogʻoch-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan;

“Toshkent qishloq qurilish servis” MCHJ va transport tashkilotlari — tomga yopiladigan metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin;

b) 2020-yil 1-iyulga qadar 2017 — 2019-yillardagi Dasturni amalga oshirishda quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin:

pudrat tashkilotlari — “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari, lokal oqava suv inshootlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga va “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish hajmlari uchun;

“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ — tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan uy-joylarni (koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar) realizatsiyasi uchun;

“Qishloq qurilish loyiha” MCHJ — “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari hajmlari uchun;

“Toshkent qishloq qurilish servis” MCHJ va transport tashkilotlari — tomga yopiladigan metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

13. Quyidagilarga istisno tariqasida:

2017-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda — 2, 3 va 4-ilovalarda koʻrsatilgan uylarning qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;

2017-yil 1-yanvargacha foydalanishga topshirish yuzasidan zarur choralar koʻrilgan holda 0,02 gektar maydondagi yer uchastkalariga joylashtiriladigan 26 ta ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylarni va 130 ta bir qavatli 2, 3 xonali uylarni joriy yilda qurishni boshlashga;

8-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha uylar qurish uchun bosh pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va asbob-uskunalarning “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ tomonidan tender savdolari oʻtkazilmasdan eng maqbul takliflar tanlovi orqali sotib olinishiga ruxsat berilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK va “Oʻzmetkombinat” AJ buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari uchun tartibga solinadigan narxlar boʻyicha sement va metall prokati ajratilishini taʼminlasinlar.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati va loyiha yechimlari, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish, texnik va mualliflik nazoratlari yuritilishini taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining maqsadlari va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.

17. “Qishloq qurilish bank” ATB, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.

18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 21-oktabr,

PQ-2639-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga1-ILOVA

2017-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish

Hududlarning nomiTurar-joy binolari soni (birliklari) *shu jumladan:Hisoblangannarxxarajatlar(million soʻm) **Shundan:2 va 3 qavatli koʻp xonadonli (2 va 3 xonali) turar-joy binolari, xonadonlar sonibir qavatli 2 va 3 xonali uylar (0,02 ga)2 qavatli 4 xonali turar-joy binolari (0,04 ga)bir qavatli 3,4 va 5 xonali turar-joy binolari (0,06 ga)dastlabki va yakuniy toʻlovlarni oʻz ichiga olgan ishlab chiquvchi badallarikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltirilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalartijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalaritijorat banklarining mablagʻlari (shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarni toʻlash)JAMI15 0004 6083 7393 6722 9812 121 526,6478 951,5350 000,0984 575,1308 000,0Qoraqalpogʻiston Respublikasi962416247164135124 496,525 914,122 446,756 382,619 753,1Andijon viloyati1 1653845072740138 921,125 496,227 183,362 320,323 921,3Buxoro viloyati1 142224124510284183 189.345 513,326 646,787 580,323 449,1Jizzax viloyati9085122301660103 466,018 341,921 186,745 293,218 644,3Qashqadaryo viloyati1523248410448417234 314,656 513,835 536,7110 991,931 272,3Navoiy viloyati1 185344220152469184 258,645 688,127 650,086 588,524,332,0Namangan viloyati1 184400364172248161 130,835 271,427 626,773 921,324 311,5Samarqand viloyati1 758448470330510260 439,061 493,141 020,0121 828,336 097,6Surxondaryo viloyati1 00960815520640120 294,722 865,223 543,353 168,020 718,1Sirdaryo viloyati90435235015052109 008,320615.921 093,348 736,918 562,1Toshkent viloyati1075144188600143167 144,839 987,125 083,380 001,022 073,3Fargʻona viloyati1 228256289300383189 645,946 176,328 653,389 601,325214.9Xorazm viloyati957272185200300145 217,035 075,122,330,068 161,619 650,4

* Loyiha turi boʻyicha uylar soni jamoatchilik talabidan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.

** Turar-joy binolarining smeta qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga bogʻlash natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga2-ILOVA

2017-yilda 2 va 3 qavatli koʻp xonadonli (2-3 xonali) turar-joy binolarini qurish uchun

Hududlarning nomiTurar-joy binolari soni (birliklari) *Kvartiralar soni (birlik) *Hisoblangan narxxarajatlar (million soʻm) **Shundan:Ishlab chiquvchilarning dastlabki hissalari (15%)markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalarimablagʻlar tijoratbanklarJAMI3554 608455 012,468 251,9292 142,994 617,6Qoraqalpogʻiston Respublikasi2641641 077,56 161,626 374,08 541,9Andijon viloyati2538437 917,75 687,724 345,27 884,8Buxoro viloyati2722422 118,73 317,814 201,44 599,5Jizzax viloyati3251250 556,97583,532 460,310 513,1Qashqadaryo viloyati3824824 488,53 673,315 723,05 092,3Navoiy viloyati2034433 967,95 095,221 809,37063,5Namangan viloyati2940039 497,65 924,625 359,68 213,3Samarqand viloyati2844844 237,36 635,628 402,89 198,9Surxondaryo viloyati3860860 036,49005,538 546,612 484,3Sirdaryo viloyati2235234 757,95 213,722 316,57 227,7Toshkent viloyati2514414 219,12 132,99 129,52 956,8Fargʻona viloyati2825625 278,53 791,816 230,25 256,5Xorazm viloyati1727226 858,44028,817 244,55 585,1

* Uy va xonadonlar soni aholi talabidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.

** Turar-joy binolarining smeta qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga bogʻlash natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga3-ILOVA

2017-yilda 0,02 gektar yer uchastkalarida joylashgan bir qavatli 2 va 3 xonali turar-joy binolarini qurish uchun

Hududlarning nomiTurar-joy binolari soni (birliklari) *Hisoblangan narxxarajatlar (million soʻm) **shundan:Ishlab chiquvchilarning dastlabki hissalari (15%)markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalarimablagʻlar tijoratbanklarJAMI3 739401 359,260 203,9264 381,276 774,1Qoraqalpogʻiston Respublikasi24726514,03 977,117 465,15 071,7Andijon viloyati50754 423,48 163,535 849,510 410,4Buxoro viloyati12413 310,71996,68 767,92546,1Jizzax viloyati23024 689,13 703,416 263,14 722,7Qashqadaryo viloyati41044,011,06 601,728 990,78 418,7Navoiy viloyati22023 615,73542,415 556,04 517,3Namangan viloyati36439 073,25 861,025 738,17 474,1Samarqand viloyati47050 451,77567,833 233,39 650,7Surxondaryo viloyati15516 638,32495,710 959,93 182,7Sirdaryo viloyati35037 570,45 635,624 748,27 186,7Toshkent viloyati18820 180,73027,113 293,33 860,3Fargʻona viloyati28931 022,44 653,420 434,95 934,1Xorazm viloyati18519 858,62 978,813 081,23 798,7

* Uylar soni aholi talabidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.

** Turar-joy binolarining smeta qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga bogʻlash natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga4-ILOVA

2017-yilda 0,04 ga yer uchastkalarida joylashgan 2 qavatli 4 xonali yarim uy-joy qurish uchun

Hududlarning nomiTurar-joy binolari soni (birliklari) *Hisoblangan narxxarajatlar (million soʻm) **shundan:Ishlab chiquvchilarning dastlabki hissalari (25%)markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalaritijorat banklarining mablagʻlariJAMI3 672624 240,0156 060,0392 781,675 398,4Qoraqalpogʻiston Respublikasi16427 880,06 970,017 542,53 367,5Andijon viloyati27446,580,011645,029 308,95 626,1Buxoro viloyati51086 700,021 675,054,553,010,472,0Jizzax viloyati16628 220,07 055,017 756,53 408,5Qashqadaryo viloyati44876 160,019 040,047 921,19 198,9Navoiy viloyati15225 840,06 460,016 258,93 121,1Namangan viloyati17229 240,07 310,018 398,33 531,7Samarqand viloyati33056 100,014,025,035 299,06 776,0Surxondaryo viloyati20635 020,08 755,022 035,14 229,9Sirdaryo viloyati15025 500,06 375,016 045,03080,0Toshkent viloyati600102 000,025 500,064 180,012 320,0Fargʻona viloyati30051 000,012 750,032 090,06 160,0Xorazm viloyati20034 000,08500,021 393,34 106.7

* Uylar soni aholi talabidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.

** Turar-joy binolarining smeta qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga bogʻlash natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga5-ILOVA

2017-yilda 0,06 ga yer uchastkalarida joylashgan bir qavatli 3, 4, 5 xonali turar-joy binolarini qurish uchun

Hududlarning nomiTurar-joy binolari soni (birliklari) *Hisoblangan narxxarajatlar (million soʻm) **shundan:Ishlab chiquvchilarning dastlabki (25%) va yakuniy hissalarimarkazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar va tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalaritijorat banklarining mablagʻlariJAMI2 981640 915,0194 435,7385 269,461 209,9Qoraqalpogʻiston Respublikasi13529 025,08 805,417 447,62772,0Andijon viloyati00,00,00,00,0Buxoro viloyati28461 060,018 523,936 704,65 831,5Jizzax viloyati00,00,00,00,0Qashqadaryo viloyati41789 655,027 198,853 893,88 562,4Navoiy viloyati469100 835,030 590,560614,39 630,1Namangan viloyati24853,320,016 175,832 051,95 092,3Samarqand viloyati510109 650,033 264,865 913,310,472,0Surxondaryo viloyati408 600,02 609,05 169,7821.3Sirdaryo viloyati5211 180,03 391,76 720,61067,7Toshkent viloyati14330,745,09 327,218 481,62 936,3Fargʻona viloyati38382 345,024 981,249 499,67 864,3Xorazm viloyati30064 500,019 567,538 772,56 160,0

* Uylar soni aholi talabidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.

** Turar-joy binolarining smeta qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga bogʻlash natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga6-ILOVA

2017-yilda turar-joy massivlari uchun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha

Hududlarning nomiMassivlar soni (birliklar) *Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarining quvvati (km) **Ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari soni (birliklari) ***suv taʼminoti tarmoqlaritarmoqlarquvvatlantirish manbaigaz taʼminoti tarmoqlariavtomobil yoʻllariJAMI308415.3291,5316,9260.3134Qoraqalpogʻiston Respublikasi2314.516.121.114.59Andijon viloyati2232.222.727.818.811Buxoro viloyati2130.522.733.419.010Jizzax viloyati1726.915.215.515.08Qashqadaryo viloyati2960.231.530.323.812Navoiy viloyati2732.623.230.322.910Namangan viloyati3342.821.520.818.311Samarqand viloyati3337.532.834.232.812Surxondaryo viloyati2022.925.422.420.810Sirdaryo viloyati815.212.915.312.88Toshkent viloyati2339.223.518.423.112Fargʻona viloyati3430.922.024.818.711Xorazm viloyati1830.022.222.519.910

* Massivlar soni ularning roʻyxati tasdiqlangandan keyin aniqlanishi kerak.

** Kiritilgan quvvatlar massivlar roʻyxati tasdiqlangandan va obyektlar uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin aniqlashtiriladi.

*** Ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari soni hududlar roʻyxati tasdiqlanganidan keyin aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga7-ILOVA

Dastur doirasida “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan yogʻoch-taxta materiallari va tomga yopiladigan metall listlar 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) va ularni “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilgan holda olib kiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va tomga yopiladigan metall listlar

T/rMahsulot nomiTN VED boʻyicha mahsulot kodiBirlik oʻzgartirish tovarlar1 uy uchun oʻrtacha talabUmumiy talab *shu jumladan: *2017-yilda2018-yilda2019-yilda1.Qalinligi 0,5 mm, qizil-bordo (RAL 3005) metall plitkalar ishlab chiqarish uchun polimer qoplamali va himoya boʻyoqli galvanizli prokat.7210 70 800 07212 40 800 0tn.1,142 900,014 300,014 300,014 300,02.Kenarli yogʻoch (yumshoq yogʻoch)4407 10 930 04407 10 980 0kub m.7.8304 200,0101 400,0101 400,0101 400,0

* Yakuniy talab turar-joy binolari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga8-ILOVA

“Qishloqqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan turar-joy binolarini qurish uchun markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan eng yaxshi takliflarni tanlash natijalari boʻyicha tender oʻtkazmasdan sotib olingan asosiy qurilish materiallari va uskunalari

I. Mahalliy (maishiy) qurilish materiallari va jihozlari1.Seramika plitalari2.Aluminiy va PVXdan tayyorlangan oyna ramkalariPlastik deraza tokchalari3.PVXdan tayyorlangan tashqi eshik bloklariIchki eshik bloklariAluminiy tashqi eshiklar4.Laminat taxtaLaminatsiyalangan taxta uchun yubka taxtasi5.Qurilish oynasi6.Suv bazlı boʻyoqlar (ichki)Suv bazlı boʻyoqlar (fasad)7.Gaz pechkasi8.Suv isitgichi9.Kombinatsiyalangan isitish qozoniQozon (isitish tizimi) ikki pallali10.Aluminiy va poʻlatdan yasalgan radiatorlar11.Tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish uchun elektron hisoblagichlar12.Elektr isteʼmolini hisobga olish uchun elektron hisoblagichlar13.Zarrachalar taxtasi (DSP)14.Metall prokat (Oʻzmetkombinat AJ)Darvozali metall eshiklar15.Kabel va sim mahsulotlari16.Polipropilen quvurlarKanalizatsiya trubkasiPoliyetilen quvurlar (koʻcha suv taʼminoti tarmogʻi uchun)II. Import qilingan1.Qalinligi 0,5 mm, qizil-bordo (RAL 3005) metall plitkalar ishlab chiqarish uchun polimer qoplamali va himoya boʻyoqli galvanizli prokat.2.Kenarli yogʻoch (yumshoq yogʻoch)

* Qurilish materiallari va uskunalariga boʻlgan ehtiyoj Dasturning asosiy parametrlariga muvofiq belgilanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.