PF-4902-son Farmon · 27.12.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi PF-1096-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4902
  • Qabul qilingan sana:27.12.2016
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi PF-1096-sonli Farmonining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin.

“4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarga eksport kontraktlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim”.

2. Mazkur Farmon 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 27-dekabr,

PF-4902-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.