PF-4895-son Farmon · 22.12.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4895
  • Qabul qilingan sana:22.12.2016
  • Kuchga kirgan sana:09.01.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1

Turizm faoliyatini barqaror va mutanosib tarzda rivojlantirish hamda zarur moddiy-texnik bazani yaratish, chet ellik turistlar va respublika fuqarolarining hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash, xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 22-dekabr,

PF-4895-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni:

a) 5-bandida:

birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-apreldan boshlab” soʻzlari “2021-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Keyinchalik roʻyxati qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir boʻlayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqiladi”;

toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “2017-yil 1-apreldan” va “2017-yil 1-martgacha” soʻzlari tegishli ravishda “2021-yil 1-yanvardan” va “2020-yil 1-dekabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

a) 2017-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:

barcha mamlakatlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona turizm vizalarini joriy etish;

xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish tartib-taomilini soddalashtirish hamda ularga jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish;

b) 2021-yilning 1-yanvariga qadar muddatda:

xalqaro aeroportlarda va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida vizalar olish, shu jumladan tranzit vizalari olish tartibini sezilarli ravishda soddalashtirish;

vizalarni rasmiylashtirish va berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga tashrif buyurmasdan viza olishga hujjatlarni topshirish va soʻrovnomalarni toʻldirishda “on-layn” tizimdan foydalanish, shuningdek 2021-yildan boshlab joriy etiladigan elektron vizalar tizimidan foydalanishni kengaytirish boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.”;

v) 8-bandning:

ikkinchi xatboshidagi “2017-yil 1-aprelgacha” soʻzlari “2021-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “respublika” soʻzidan oldin “2021-yilning 1-yanvaridan” soʻzlari qoʻshilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.