PF-4866-son Farmon · 13.12.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4866
  • Qabul qilingan sana:13.12.2016
  • Kuchga kirgan sana:19.12.2016
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 50

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “Oʻzqurilishmateriallari”ni “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-maydagi PF-1787-sonli Farmoni.

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zokirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 13-dekabr,

PF-4866-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-sonli FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarorining 3-ilovasida “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-sonli qarorining 2-ilovasida “E.M. Akramov — “Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” soʻzlari “B.K. Zaripov — “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qarori 1-ilovasining nomidan “balans qiymati boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.