PF-4860-son Farmon · 30.11.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4860
  • Qabul qilingan sana:30.11.2016
  • Kuchga kirgan sana:05.12.2016
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 48

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli Farmoniga muvofiq hamda oliy oʻquv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 30-noyabr,

PF-4860-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 30-noyabrdagi PF-4860-sonli FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha

1. Farmonning 2-bandi birinchi xatboshidagi “15” raqami “16” raqamiga almashtirilsin.

2. 1-ilovadagi:

a) “Qaytadan tayyorlash yoʻnalishi” ustuni 6 pozitsiyasidagi “Oʻzbek tili va adabiyoti” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) quyidagi mazmundagi 16 pozitsiya bilan toʻldirilsin:

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.