PQ-2752-son Qaror · 02.02.2017

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2752
  • Qabul qilingan sana:02.02.2017
  • Kuchga kirgan sana:06.02.2017
  • Rasmiy nashr:O‘R QТ 5

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:

1. 2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qoʻyilsin.

4. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarni tuzsin va ularning faoliyatini tashkil etsin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Davlat dasturining amalga oshirilishi yuzasidan axborotning ommaviy axborot vositalarida har tomonlama va tizimli ravishda yoritilishini taʼminlasin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 2-fevral,

PQ-2752-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga1-ILOVA

2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga 2-ILOVA

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qaroriga 3-ILOVA

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi

I. Umumiy qoidalar

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

3. Komissiya oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Komissiyaning asosiy vazifalari

4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari

5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan Komissiya vakolatiga taalluqli boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

tegishli davlat organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini va maʼruzalarini eshitish;

Komissiya faoliyatining muhim masalalari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tuzish, shuningdek ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga mutaxassislarni jalb etish.

Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

6. Komissiya quyidagilarga majbur:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish boʻyicha qarorlarini ijro etish;

Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni va monitoringni amalga oshirish.

Komissiyaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

IV. Komissiya ishini tashkil etish

7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

8. Komissiya faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.

Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan, Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolashda Komissiya aʼzolari alohida fikr bildirish huquqiga ega.

9. Komissiya majlislariga davlat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

10. Komissiyaning ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bajaradi.

Ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:

Komissiya faoliyatini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash;

Komissiya ish rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek Komissiyaning kundalik faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkil etish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari ijrosini nazorat va monitoring qilish, Komissiya raisiga tegishli axborot va takliflarni kiritish;

kelib tushayotgan xat va hujjatlarni koʻrib chiqish va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga korrupsiyaga qarshi kurashishga imkon beradigan chora-tadbirlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishini va kiritilishini tashkil etish.

Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.