PQ-2789-son Qaror · 17.02.2017

Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2789
  • Qabul qilingan sana:17.02.2017
  • Kuchga kirgan sana:18.02.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 8

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, Fanlar akademiyasining nufuzini yuksaltirish va faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning oʻrnini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;

ilm-fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning, davlat ilmiy-texnik dasturlarining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish;

jahon va respublika ilm-fan yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;

mamlakatimiz ilm-fani, ilmiy salohiyati, fan va texnika yutuqlarini ommalashtirish va targʻib qilish;

xorijiy mamlakatlarning fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamgʻarmalari bilan xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro ilmiy forum va konferensiyalar tashkil etishda va oʻtkazishda ishtirok etish;

Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish;

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini rivojlantirish.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli Farmoniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutini Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida:

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutini;

Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob obyektlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi institutini;

Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini;

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi institutini;

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini;

Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent boʻlimi negizida Ya.Gʻulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar institutini;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutini;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazilsin, u Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimini saqlash, shuningdek uning amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xarajatlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining hisobidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanishi belgilab qoʻyilsin.

5. Belgilansinki, qayta tashkil etilgan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasidir, ular avval oʻzlari tasarrufida boʻlgan vazirlik va idoralar negizidagi ilmiy muassasalarning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadilar.

6. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari rivojlanishini taʼminlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasida fizika-matematika va texnik fanlar, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha boʻlimlar tashkil etilsin.

Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi, Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi raisi oʻz maqomiga koʻra Fanlar akademiyasining vitse-prezidentiga tenglashtirilsin.

7. Amaliyotga shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari Fanlar akademiyasining assotsiatsiyalashtirilgan aʼzosi boʻlishlari mumkin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(19-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

19-2. Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan butlovchi va xarajat materiallar, qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, material va uskunalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

(19-2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

Innovatsion rivojlanish vazirligi qarorlariga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalariga bepul topshirilayotgan ilmiy laboratoriyalari uchun ilmiy uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar soliqqa tortilmaydi;

(19-2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda loyiha-konstruktorlik tashkilotlari davlat budjeti hisobidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishda foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.

(19-1-19-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)

20. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash va olimlarning xorijiy stajirovkalarini tashkil etish uchun chet el kreditlari va grantlarini jalb etish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ish olib borsinlar.

(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakunlari boʻyicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash uchun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:

tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan chuqur integratsiyani taʼminlagan holda Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazilayotgan hamda uning tarkibida qayta tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Fan va texnologiyalar davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.

24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 17-fevral,

PQ-2789-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.