PQ-2785-son Qaror · 16.02.2017

Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va ekspozitsiya loyihasini tayyorlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2785
  • Qabul qilingan sana:16.02.2017
  • Kuchga kirgan sana:16.02.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 1

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

1. Madaniyat vazirligi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi, “Oʻzarxiv” agentligining Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti koʻp yillar faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida tashkil etiladigan Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining (keyingi oʻrinlarda Yodgorlik majmuasi deb ataladi) ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va ekspozitsiya loyihasini yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Yodgorlik majmuasining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va ekspozitsiya loyihasini har tomonlama puxta va ilmiy asosda ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika komissiyasi (Aripov) bir oy muddatda Yodgorlik majmuasining, shuningdek, Samarqand shahrida barpo etiladigan Islom Karimov muzeyining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va ekspozitsiya loyihasini hamda xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yodgorlik majmuasining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va ekspozitsiya loyihasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni Madaniyat vazirligiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ajratilishini taʼminlasin.

5. Madaniyat vazirligining buyurtmalariga binoan Yodgorlik majmuasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 2019-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq chetdan keltiriladigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

6. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-fevral,

PQ-2785-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ-2785-son qaroriga1-ILOVA

Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida tashkil etiladigan Yodgorlpk majmuasi konsepsiyasi va loyihasini har tomonlama puxta va ilmiy asosda ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uniig tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegiishi vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ-2785-son qaroriga2-ILOVA

Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida tashkil etiladigan Yodgorlik majmuasining konsepsiyasi va loyihasini har tomonlama puxta va ilmiy asosda ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.