PF-4966-son Farmon · 21.02.2017

Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4966
  • Qabul qilingan sana:21.02.2017
  • Kuchga kirgan sana:22.02.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 8

Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hisoblanadi.

Oʻtgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmogʻi sifatida tashkil etish, uni oʻtmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.

Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti taʼminlanmasligiga olib kelmoqda.

Harbiy sud sudyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.

Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini taʼminlash, maʼmuriy sud ish yurituvini amalga oshirish boʻyicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati maʼmuriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadigan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar boʻshayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga oʻtkazilsin.

3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya berish yoʻli bilan sudyalar korpusini shakllantirish;

sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;

ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortishga xulosa berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.

4. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar), tumanlararo sudlari sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan soni 21 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi sifatida oʻzgartirish haqidagi taklifi maʼqullansin.

6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)

7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash aʼzolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-iyundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;

ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy nizolarni, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarini, tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qoʻriqlash vzvodini tugatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼatini tugatib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatini tashkil etish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib oʻzgartirish;

ishlarni birinchi instansiyada koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;

amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning 10 — 12 va 8 razryadlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida oʻz faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar.

9. Yangidan tashkil etilayotgan sudlarni toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.

Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 208 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;

(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun 835 ta birlik, shundan sudyalar — 344 ta birlik;

(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari uchun 207 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;

(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 680 ta birlik, shundan sudyalar — 267 ta birlik;

tumanlararo maʼmuriy sudlari uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar — 70 ta birlik;

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari uchun 972 ta birlik, shundan sudyalar — 351 ta birlik;

(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 32 ta birlik, shundan sudyalar — 12 ta birlik;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 395 ta birlik, shundan sudyalar — 141 ta birlik.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament):

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻlinmalarining 51 ta boshqaruv xodimi shtat birligini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yoʻqotganligi munosabati bilan davlat budjeti mablagʻlari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat birligini kiritish yoʻli bilan tashkil etilsin.

Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy apparatda — 12 ta birlik, hududiy boʻlimlarda — 56 ta birlik miqdorida belgilansin.

11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha ishni tashkil etish, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sud binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali sarflanishini taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;

sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

12. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatiga haq toʻlash razryadlari 1 — 3-ilovalarga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:

harbiy sudlar tuzilmalari qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish masalasi boʻyicha qaror qabul qilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari, transport vositalari, mebellar, kompyuter texnikalari va boshqa mulklarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:

Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yagona tizimini yaratish boʻyicha taklif kiritilishini;

Kengash bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi qisqartirilayotgan sudyalar va sud xodimlari hisobidan toʻldirilishini;

yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari joylashtirilishini, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishini;

Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shu jumladan maʼmuriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, yangidan tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek sudlarning apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini oʻzgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda ishni yangidan koʻrib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish boʻyicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini taʼminlasin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni taʼminlash uchun ajratiladigan pul mablagʻlarining qisqarishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar smetasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari joylashtirilishi, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishi hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moliyaviy mablagʻlarning Jamgʻarma hisobidan ajratilishini taʼminlasin;

ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini ushbu Farmon vazifalari va talablariga mos keladigan maʼmuriy binoga joylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy oʻrgansin hamda sud tizimi faoliyati samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin.

19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-fevral,

PF-4966-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining

* sudyalik maqomida — 11

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 91 birlikni, shundan markaziy apparatda — 21 tani, hududiy boʻlimlarda — 70 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining

Boshqaruv xodimlari soni 5 birlikni tashkil etadi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(10 va 10-1-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.