Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, fan-texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohalarining obroʻ- eʼtiborli vakillaridan iborat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengash tarkibini qaytadan shakllantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoni 1-ilovasi matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
PF-4972-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PF-4972-son Farmoniga ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengash