PQ-2582-son Qaror · 09.09.2016

Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2582
  • Qabul qilingan sana:09.09.2016
  • Kuchga kirgan sana:09.09.2016
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 9

Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bagʻrikenglik ramzi ekanini eʼtiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulugʻlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12-sentabr dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016-yil 12-sentabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 9-sentabr,

PQ-2582-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.