Mamlakatimiz mustakilligini mustaxkamlash, uning iktisodiy kudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining dahlsizligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istikdol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizni “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash maksadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
2. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish jadvali ilovaga muvofiq kabul kilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va boshqa mutasaddi rahbarlar “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish bilan bogʻliq tadbirlar hamda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D. Nazarmuhamedov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-avgust,
PQ-2578-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-avgustdagi PQ-2578-sonli qarorigaILOVA
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish