PQ-2916-son Qaror · 21.04.2017

2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2916
  • Qabul qilingan sana:21.04.2017
  • Kuchga kirgan sana:22.04.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 18

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-sonli Farmoniga muvofiq hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida:

1. Quyidagilar:

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)

qattiq maishiy chiqindilarning toʻplanishi, ularni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish ishlarining kompleks sxemasi 3-ilovaga muvofiq;

2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;

“Toza hudud” davlat unitar korxonalariga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining bepul topshirilayotgan mulk roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;

respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni qattiq maishiy chiqindilarni elash boʻyicha elektromexanika uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash prognoz parametrlari 6-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda “Toza hudud” DUKni maxsus texnika va uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash prognoz parametrlari 6a-ilovaga muvofiq;

2017-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash boʻyicha manzilli dastur 7-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat koʻrsatayotgan poligonlari va “Toza hudud” DUKni jihozlash boʻyicha manzilli dastur 8-ilovaga muvofiq;

2018-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini yaratish boʻyicha manzilli dastur 9-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish prognoz parametrlari 10-ilovaga muvofiq;

2017 — 2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida organik oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha prognoz parametrlari 11-ilovaga muvofiq;

2017 — 2021-yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilgan holda shaharlarda maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimlarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyxati 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Toshkent shahrida chiqindilarni olib chiqish, chiqindi yigʻish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 13-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etgan holda rivojlantirish, ularning faoliyatini ragʻbatlantirish yoʻli orqali chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi toʻliq sikl qamrab olinishini taʼminlash;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek, mahalliy davlat boshqaruvi organlari miqyosida mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;

chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarini amalga oshirish jarayonini har chorakda koʻrib chiqish.

Respublika komissiyasiga, zarurat tugʻilganda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarining yigʻma va manzilli parametrlariga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Respublika komissiyasi bir oy muddatda:

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni;

mazkur qarorning 5 — 12-ilovalariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlasin va har chorakda Respublika komissiyasiga tegishli axborotni kiritib borsin;

ikki oy muddatda “Toza hudud” DUK ustavlarini tasdiqlasin va shtatlarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin, shuningdek, zarur moddiy-texnika bazasi bilan jihozlanishini taʼminlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Toza hudud” DUKning maxsus texnikalari uchun yoqilgʻi-moylash fondlari va limitlarini ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

ikki oy muddatda maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqish xizmati boʻyicha abonentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisoblangan xatlovdan oʻtkazsin, marshrutlar jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etsin;

(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)

tadbirkorlik subyektlarining chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishni nazarda tutsin;

taʼlim muassasalarida, fuqarolar yigʻinlarida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunbuzarliklar profilaktikasiga oid seminarlar, anjumanlar, davra suhbatlarini doimiy ravishda oʻtkazib borsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari, istiqbol koʻrsatkichlarini amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

7. “Oʻzavtosanoat” AK va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ “Toza hudud” DUK ehtiyojlari uchun mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika (chiqindi tashuvchi va assenizatsion mashinalar va traktorlar) ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.

8. “Qurilishmashlizing” ixtisoslashgan respublika lizing kompaniyasi” AJga mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika, mexanizm va uskunalarni ixtisoslashgan sanitariya tozalash tashkilotlarining maxsus texnika va uskunalar parkini yangilash uchun lizing asosida yetkazib berish yuklatilsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hisob-kitoblari asosida maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqilishini taʼminlash maqsadida har yili maxsus texnika uchun zarur dizel yoqilgʻisi limitini ajratib borsin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:

bir oy muddatda tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi uchastkalariga biriktirilgan maxsus avtotransport vositalari va uskunalarini, chiqindi yigʻish punktlari va konteynerlarini oʻrnatilgan tartibda “Toza hudud” DUKga bepul oʻtkazib berilishini tashkil etsin;

bir oy muddatda “Toza hudud” DUK avtotransport vositalarini saqlash uchun garajlar, maishiy chiqindilarni vaqtinchalik saqlash shoxobchalari va yangi poligonlar qurilishi uchun oʻrnatilgan tartibda yer ajratib berish ishlarini amalga oshirsin;

tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi uchastkalari mol-mulki “Toza hudud” DUKga toʻliq oʻtkazib berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha toʻliq va uzluksiz xizmat koʻrsatilishi taʼminlansin;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Toza hudud” DUKga va uning tuman (shahar)lardagi filiallariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun joylashgan hududidan binolar va xonalarni bepul foydalanish huquqi bilan taqdim etsin.

12. Belgilab qoʻyilsinki:

“Toza hudud” DUK huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, xodimlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar boʻyicha tumanlar hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining qayta tashkil etish davrida mavjud boʻlgan maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi uchastkalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblashda “Toza hudud” DUKning soliqqa tortiladigan foydasi ushbu qarorning 6a, 8, 10-ilovalariga muvofiq manzilli dasturlarda nazarda tutilgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini, chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini qurish va barpo etish bilan bogʻliq xarajatlarga kamaytiriladi;

tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi uchastkalaridan “Toza hudud” DUKga bepul oʻtkazib berilgan mol-mulklar qoʻshilgan qiymat soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, shuningdek, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti boʻlib hisoblanmaydi.

13. 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:

shaharlarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud” DUK va “Qurilishmashlizing” ixtisoslashgan respublika lizing kompaniyasi” AJ ushbu qarorning 5, 6 va 6a-ilovalariga muvofiq oʻtkazib berilayotgan hamda xarid qilinayotgan maxsus avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatga olinayotganda avtotransport yigʻimlari;

(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologik jarayonida ishlatiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kirilgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod etilsin.

14. Qonunchilikda kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun joriy etilgan mol-mulk soligʻi toʻlovidan ozod etish imtiyozi “Toza hudud” DUK va “Maxsustrans” DUKga nisbatan tatbiq etilsin.

15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin. Bunda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha telekoʻrsatuvlarda ijtimoiy reklama maʼlumotlarini faol joylashtirish koʻzda tutilsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 21-aprel,

PQ-2916-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga3-ILOVA

Qattiq maishiy chiqindilarning toʻplanishi, ularni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish ishlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga4-ILOVA

2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga5-ILOVA

“Toza hudud” DUKlariga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining bepul topshirilayotgan mulk

Izoh: 2014-2015-yillarda tuman obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika bilan jihozlash dasturini amalga oshirish doirasida sotib olingan maxsus texnika operativ boshqaruv huquqida davlat ulushini oshirish hisobiga “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmasiga bepul topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga6-ILOVA

2017-yilda respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni qattiq maishiy chiqindilarni elash boʻyicha elektromexanika uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash

Tijorat banklarining kreditlari hisobiga sotib olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga6a-ILOVA

2017-2018-yillarda “Toza hudud” DUKni maxsus texnika va uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash

* “Toza hudud” DUK avtotransport parklari qurilishining yakuniy qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga7-ILOVA

2017-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash boʻyicha

* parametrlar loyiha-smeta hujjatlari va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.

** yetkazib beruvuchilarning narxiga koʻra aniqlanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga8-ILOVA

2017-2018-yillarda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat koʻrsatayotgan poligonlari va “Toza hudud” DUKni jihozlash boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga9-ILOVA

2018-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini yaratish boʻyicha

*poligonlarni qurish qiymati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari va tender savdolar oʻtkazilishiga muvofiq aniqlanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga10-ILOVA

2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish

* Loyihalarning yakuniy qiymati DTIA/TIA loyihalarini ishlab chiqish va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga11-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida organik oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha

* organik oʻgʻitlarni chiqarish “Toza hudud” DUK filiallari va sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlari tomonidan ushbu qarordagi 6 — va 6a-ilovalarida koʻrsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni elash boʻyicha elektrotexnika uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga12-ILOVA

2017 — 2021-yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilgan holda shaharlarda maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimlarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining

* Loyihalarning DTIA/TIAsini ishlab chiqish va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga13-ILOVA

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha respublika komissiyasi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2916-sonli qaroriga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.